» » Fazliddin G‘oibnazarov prof boksdagi 4-jangida meksikalik raqibini nokautga uchratdi (video)

Fazliddin G‘oibnazarov prof boksdagi 4-jangida meksikalik raqibini nokautga uchratdi (video)


Bugun, 13-may tongida Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazdi.

G‘oibnazarovga o‘zining professional boksdagi 4-jangida meksikalik Xesus Silveyra raqiblik qildi. Sakkiz raunddan iborat jang teng yarmiga kelganida yakunlandi. To‘rtinchi raundda Fazliddinning chap qo‘lda qisqa masofadan bergan aniq va kuchli zarbasidan so‘ng meksikalik bokschi nokautga uchradi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi prof boksdagi 4-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun Fazliddin professional boksda shu kungacha 3 ta jang o‘tkazib va ularning barchasida g‘alaba qozona olgandi (1 tasi nokaut bilan).

Uning raqibi Xesus Silveyra esa 15 ta jang o‘tkazgan va shularning 8 tasida g‘alaba qozongan (3 tasi nokaut bilan). 5 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan va yana ikkita to‘qnashuvda durang qayd etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют