» » Ertaga tongda Fazliddin G‘oibnazarov prof boksdagi 4-jangini o‘tkazadi

Ertaga tongda Fazliddin G‘oibnazarov prof boksdagi 4-jangini o‘tkazadi


Ertaga, 13-may sanasida Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazadi, deb xabar beradi “Olamsport”.

G‘oibnazarovga o‘zining professional boksdagi 4-jangida meksikalik Xesus Silveyra raqiblik qiladi. Jang sakkiz raunddan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun Fazliddin professional boksda shu kungacha 3 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozona olgan (1 tasi nokaut bilan).

Uning raqibi Xesus Silveyra esa 15 ta jang o‘tkazgan va shularning 8 tasida g‘alaba qozongan (3 tasi nokaut bilan). 5 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan va yana ikkita to‘qnashuvda durang qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, jang (Toshkent vaqti bilan 13-may kuni tongda) Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden’da bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют