» » Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum. Raqib 15 marta nokaut evaziga g‘alaba qozongan

Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum. Raqib 15 marta nokaut evaziga g‘alaba qozongan


Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (9 ta jang, 7 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini 15-avgust kuni o‘tkazadi.

Shahramga bu jangda meksikalik Fransisko Roxo raqiblik qiladi, deya xabar bermoqda Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi. Jang WBA International chempionlik kamari uchun kechadi.

Qayd etish joiz, Roxo professional boksda 25 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alaba qozongan. 15 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Yana 3 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan.

Jang AQShning Oklahoma shtati, Talsa shahridagi boks kechasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, G‘iyosov o‘zining so‘nggi jangida Darleys Peresga qarshi o‘tkazib, raqibini 30 soniya ichida nokautga uchratgandi. Roxo esa so‘nggi jangida Galvis Guerrani 8-raundda nokaut uchratib g‘alaba qozongan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют