» » Shahram G‘iyosovning 6-jangi sanasi ma’lum, raqib prof ringda 53 ta jang o‘tkazgan

Shahram G‘iyosovning 6-jangi sanasi ma’lum, raqib prof ringda 53 ta jang o‘tkazgan


Rio—2016 Olimpiadasi sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosov 24-noyabrda professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, o‘zbekistonlik boskchiga meksikalik charm qo‘lqop ustasi Migel Zamudio raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Shahram bugungi kungacha professional boksda 5 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 4 ta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan.

27 yoshli Zamudio esa professional boksda 53 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida u g‘alaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga). 11 ta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan (9 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durang qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют