» » Kanadada sun’iy intellektga ega ko‘zoynak yaratildi. U o‘z egasining dangasalik qilishiga yo‘l qo‘ymaydi

Kanadada sun’iy intellektga ega ko‘zoynak yaratildi. U o‘z egasining dangasalik qilishiga yo‘l qo‘ymaydi


Kanadaning Auctify startapi sun’iy intellekt yordamida samaradorlikni oshiradigan va bugungi ishni ertaga qolib ketmasligiga yordam beradigan ko‘zoynakni yaratdi, deb yozadi The Verge.

Specs nomli ko‘zoynakka uning egasi qaragan buyumni tahlil qiluvchi kamera o‘rnatilgan. Ma’lumotlar maxsus ilovaga yuboriladi va u yerda biror yumushga, masalan, kitob o‘qish yoki noutbukda ishlashga qancha vaqt sarflanganini ko‘rish mumkin.

Ixtirochilar, shuningdek, o‘zining ish samaradorligini nazorat qilishni istaydiganlarga ogohlantirish funksiyasini ham qo‘shgan. Ko‘zoynak inson asosiy vazifadan chalg‘isa uni ovoz yoki yorug‘lik yordamida ogohlantirishi mumkin. Bunda foydalanuvchining o‘zi qanaqa harakatlar samarador ekanligini o‘zi belgilaydi.

Algoritmlar 20 ta turli harakatlarni identifikatsiya qilish imkonini, jumladan, xat o‘qish, telefon, noutbuk, televizor ekranini tomosha qilish, shuningdek, zaldagi mashg‘ulotlar, yoga bilan shug‘ullanish va musiqiy anjomdan foydalanish taqdim etadi.

Bundan tashqari, ko‘zoynakdagi dinamiklar musiqa tinglash va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkonini beradi. Oksimetr, akselerometr va giroskop ko‘zoynakka jismoniy faollik hamda holatni kuzatishga yordam beradi. Ko‘zoynakdan kundalik hayotda foydalanish uchun unga linza o‘rnatsa bo‘ladi.

Auctify’ning ma’lum qilishicha, qurilmada maxfiylik masalalari ham yaxshilab ishlangan. Sun’iy intellekt olingan tasvirlarni tahlil qilib, darhol surat yoki videoni internetga yubormay o‘chirib tashlaydi.

Ko‘zoynak narxi taxminan 250 dollarni tashkil etadi. Startap Indiegogo kraufanding platformasi orqali uni ishlab chiqarishga pul yig‘moqda, biroq Auctify rasmiy sayti orqali hozirdan buyurtmani amalga oshirish mumkin.

Mavzuga doir: “Aqlli ko‘zoynaklar” ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan erkakka o‘z to‘yini tomosha qilish imkonini berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют