» » Ekspert smartfondagi geolokatsiya funksiyasini o‘chirib qo‘yishning foydasi haqida gapirdi

Ekspert smartfondagi geolokatsiya funksiyasini o‘chirib qo‘yishning foydasi haqida gapirdi


Smartfonlardagi geolokatsiya funksiyasini cheklab yoki o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi, bu foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari o‘zgalar qo‘liga tushib qolishidan himoyalaydi. Bu haqda “Raqamli fuqaro” platformasi eksperti Vladimir Gritsenkoga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, mobil ilovalar foydalanuvchining reklama borasidagi qiziqishlari bilan o‘zaro almashib turadi. Ular orasida smartfon egasining turli manbalardan keluvchi, xususan, qayerda ekanligini kuzatuvchi ma’lumotlar ham o‘rin olgan.

“Masalan, foydalanuvchi Instagram’ga kirsa, ilova u Qizil maydonda ekanligini aniqlay oladi va bu ma’lumotni boshqa hamkor ilovaga uzatadi”, — deydi Gritsenko.

Bundan tashqari, geolokatsiyani o‘chirib qo‘yish smartfon akkumulyatorining uzoqroq ishlashiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, u geolokatsiyani butunlay o‘chirishni tavsiya qilmaydi, chunki bu boradagi ma’lumotlarni to‘plovchi algoritmlar ayrim vaqt oralig‘ida ishlaydi.

Avvalroq TelecomDaily axborot-tahlil agentligi rahbari smartfon uchinchi shaxs tomonidan tinglanayotganini qanday bilish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot bergandi.

Mavzuga doir: Uyqudan oldin gadjetlardan foydalanishning zarari ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют