» » Twitter chivinga tahdid qilgan yaponiyalikning akkauntini o‘chirib tashladi

Twitter chivinga tahdid qilgan yaponiyalikning akkauntini o‘chirib tashladi


Twitter servis qoidalarini buzgan yaponiyalik foydalanuvchining akkauntini butunlay o‘chirib tashladi, deb yozadi Meduza. U chivinning hayotiga tahdid qilgandi.

Akkaunti yopib tashlanganidan keyin bir necha kun o‘tgach, foydalanuvchi yangi profil ochdi va uni bloklashlariga sababchi bo‘lgan tvit skrinshotini qo‘ydi. Tvitga o‘lik chivinning surati ilova qilingan va “televizor ko‘rib dam olishga urinayotgan kishini chaqib bezor qilgan” chivinga o‘lim tilangan edi.

Twitter’dan kelgan xabarda aytilishicha, foydalanuvchi “tahdid mazmuniga ega xabar” qoldirgan. Nashr taxmin qilishicha, bloklash haqidagi qarorni odam emas, moderator robot qabul qilgan (odam chivin suratini ko‘rgan bo‘lardi). Twitter hozircha foydalanuvchining shikoyatiga javob qilgani yo‘q.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют