» » Poyezdda ketayotganda nima sababdan telefonni o‘chirib qo‘yish kerak?

Poyezdda ketayotganda nima sababdan telefonni o‘chirib qo‘yish kerak?


Uyali aloqa signallari beqaror bo‘lgan hududda telefonlarning quvvati odatdagidan bir necha marotaba tezroq tugaydi. Bu haqda Telecom Daily bosh direktori Denis Kuskovga tayanib, “Praym” agentligi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfon muntazam ravishda yaqin atrofdagi bazaviy stansiyani qidirish bilan shug‘ullanadi. “U qanchalik uzoqda joylashgan bo‘lsa, batareya shunchalik tez tugaydi. Buni poyezdda ketayotganingizda sezish juda oson. Telefondan foydalanmasangiz ham bir kechada akkumulyator quvvati to‘liq tugab qolishi mumkin”, — deydi ekspert.

Shu sababli belgilangan manzilga yetib borganda aloqasiz qolib ketmaslik uchun yo‘lda gadjetni o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi.

Shuningdek, smartfonlarning ishchanlik qobiliyatini oshirish uchun undagi keraksiz ilovalarni o‘chirib tashlash tavsiya qilingan. Smartfonga o‘rnatilgan har qanday dastur ertami-kech internetga ulanadi va o‘shanda u turli hisobotlar yuborishni hamda yangilanishni (obnovleniya) so‘raydi. Ularni o‘chirib tashlash orqali gadjet quvvatsiz 10 foiz vaqtini tejab qolishi mumkin.

Avvalroq Denis Kuskov smartfon uchinchi shaxs tomonidan tinglanayotganini qanday bilish mumkinligi haqida ma’lumotlar bilan bo‘lishgandi.

Mavzuga doir: Nima sababdan o‘zganing quvvatlantirgichidan foydalanmaslik kerak?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют