» » Nima sababdan smartfonlarning quvvati juda tez tugaydi?

Nima sababdan smartfonlarning quvvati juda tez tugaydi?


Zamonaviy mobil telefonlar bizga bir vaqtning o‘zida xohlagan joyda kitob o‘qish, qayd qilish, rasmga tushirish, video ko‘rish, shuningdek o‘ynash yoki internet-sahifalarni ko‘rib chiqishga imkon beruvchi bir necha moslamalarning o‘rnini bosadi. Va uyga qaytguncha quvvati tamom bo‘lsa, bu juda achinarli holat.

Agar o‘z smartfoningizning akkumulyatorli batareyasini to‘g‘ri ishlatishni bilsangiz, bunday muammoni bartaraf qilishingiz mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, biz o‘zimiz quyidagi harakatlarimiz bilan quvvatini juda tez sarflashga uni majbur qilar ekanmiz:

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday odat batareyaning sig‘imini pasaytiradi, shuning uchun zaryad miqdorining eng pastgacha tushishini kutib o‘tirmasdan iloji boricha uni zaryadlashga qo‘yish kerak. Faqat har 2 oyda bir marta zaryadining to‘liq tugashiga imkon berish yetarli bo‘ladi.

Albatta 100% zaryadlanishini kutib o‘tirish ham yaramaydi. Eng yaxshisi – uni doimo taxminan 30 dan 80% gacha oraliqda ushlab turish.

Smartfon batareyasining ishlashi uchun optimal harorat: 1 dan + 35 darajagacha. Bu parametrlarning oshib ketishi tez eskirishga olib keladi.

Bunday odat juda ko‘p hollarda batareyaning qizib ketishiga olib keladi.

Yangi modadagi zaryadlovchi moslama akkumulyatorli batareyaning xizmat qilish muddatini qisqartiradi.

Agar kabel o‘ziniki bo‘lmasa, bu batareyaga og‘irlik yuklashi yoki uning to‘liq zaryad olishiga yo‘l bermasligi mumkin. Yaxshisi o‘zining zaryadlagichini ishlatganingiz ma’qul.

Manba: “Novate.ru”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-08-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют