» » Istalgan foydalanuvchini smartfondagi reklama orqali kuzatish mumkin. Bu bor-yo‘g‘i 1000 dollar turadi

Istalgan foydalanuvchini smartfondagi reklama orqali kuzatish mumkin. Bu bor-yo‘g‘i 1000 dollar turadi


Vashington universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan har qanday kishi smartfonlar uchun targetlangan reklama orqali sizning joylashgan joyingizni yuqori aniqlik bilan kuzatishi mumkin, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Taxminan 1000 dollarga reklama paketini sotib olish va uni foydalanuvchining muayyan qurilmasiga “bog‘lash” orqali, yovuz niyatli doim sizning qayerlarda yurganingizdan xabardor bo‘lib turadi.

Paketni sotib olgan yovuz niyatli, shuningdek, “qurbon” qanday dasturlardan foydalanayotganini ko‘ra oladi, shu tariqa odamning qiziqishlari, uning tanishuvlari, qaysi dinga e’tiqod qilishi, salomatligi, siyosiy qarashlari haqida bilib olishi va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi mumkin.

Bilish kerak bo‘lgan yagona narsa — “qurbon” smartfonining mobil reklama identifikatori (MAID). Ushbu unikal identifikatorlar marketologlarga odamning qiziqishlari va yashash joyini hisobga oladigan targetlangan reklamani ko‘rsatishda yordam beradi. MAID’ni bilish qiyin emas — u smartfon tizimida ochiq saqlanadi. Shundan so‘ng reklama servisi orqali odamning joylashgan joyini 8 metrgacha aniqlikda bilib olish mumkin.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют