» » Rossiya ko‘chalaridagi “aqlli” reklama taxtalari: ular o‘tkinchilarni qanday “tanib oladi”?

Rossiya ko‘chalaridagi “aqlli” reklama taxtalari: ular o‘tkinchilarni qanday “tanib oladi”?


O‘tkinchilarni “tanib oluvchi” reklama taxtalari texnologiyasi uchun oneFactor kompaniyasi Alisher Usmonov va sheriklarining USM guruhidan 2 million dollar oldi. “RBK” “aqlli” bilbordlar qanday ishlashiga aniqlik kiritishga urindi.

oneFactor tizimi onlayn rejimida muayyan lahzada ekran yonida qanday auditoriya turganini aniqlaydi va u uchun mos keluvchi reklamani tanlaydi. Kompaniya 2017-yil martidan Novosibirskdagi 22 ta raqamli bilbordlarda reklamani targetlashni boshladi.

Bunda u ushbu auditoriya haqida o‘z sheriklari — “MegaFon” uyali aloqa operatori, uning sho‘basi — Yota, shuningdek, mobil dasturlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi. Operatorlarda baza stansiyalariga tushayotgan yuklama to‘g‘risida axborot bo‘ladi, u mijozlar bir stansiyadan ikkinchisiga ulanib, u yoqdan bu yoqqa ko‘chib yurishini ko‘rsatadi. Tizim qanday auditoriyaga tegishli odamlar reklama taxtasiga yaqinlashayotganini kuzatadi, masalan, bannerga institutga ketayotgan talabalar yaqin kelganini tushunib olishi mumkin.

Rossiya qonunlari shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etishni taqiqlaydi, ammo “MegaFon” tahlil uchun tarmoqqa mobil qurilmalardan tushayotgan yuklama haqida hech kimga qarashli bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim etadi. Ya’ni auditoriyani ijitmoiy-demografik profil bo‘yicha guruhlash mobil dasturlardan olingan statistika yordamida amalga oshadi.

Опубликовано: admin (28-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют