» » Ucell: Ziyoratchilar uchun yangi aksiya!

Ucell: Ziyoratchilar uchun yangi aksiya!


Ucell mobil aloqa operatori, o‘z strategiyasiga binoan, aloqa ko‘lamini kengaytirish va uning sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratmoqda. 


Asosiy maqsad kompaniya mijozlarini, dunyoning qaysi bir nuqtasida bo‘lishlaridan qat’i nazar, sifatli aloqa bilan ta’minlanishdir. Navbatdagi xabar  umra va haj ziyoratiga jo‘nab ketmoqchi bo‘lgan hamyurtlarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi.

Har yili haj ziyorati oldidan qulay rouming xizmatini taklif etish kompaniyada yaxshi an’anaga aylangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda O‘zbekistondan haj amalini bajarish uchun 7200 ziyoratchi Saudiya Arabstoniga boradi. Ularning har biri uzoq safar chog‘ida yaqinlari bilan telefon orqali aloqada bo‘lishi tabiiy. Ucell’ning Saudiya Arabstonidagi hamkori ZAIN tavsiya etayotgan rouming xizmati 7 barobar arzon!

Ucell kompaniyasining biznes yechimlarini rivojlantirish departamenti direktori Alisher Hamidov buni shunday izohlaydi:

— Ushbu rouming xizmatiga ulanganlar uchun bir daqiqa kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroq 1,1 dollar, bir SMS narxi esa 11 sentni tashkil kiladi. Bu 7 barobargacha arzon! Hamkorimiz — ZAIN kompaniyasi Saudiya Arabistonining yetakchi mobil aloqa operatorlar qatoriga kiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, taqdim etilayotgan ushbu maxsus taklif joriy yil 1-dekabriga qadar amal qiladi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (27-02-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют