» » Bola salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bolgan oquv qurollari

Bola salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bolgan oquv qurollari


Ota-ona farzandi yaxshi talim olishi, ovqatlanishi, kasal bolmasligi va dars tayyorlashi uchun kerakli bolgan barcha malumotlarni biladi. Lekin farzand salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bolgan ayrim detallar haqida bexabar bolishi mumkin. Domashniy ochag jurnali qanday oquv qurollari bola sogligi bilan bogliq muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida malumot beradi.

Maktab sumkasi

Zamonaviy, yorqin maktab sumkalarining kopi, tarkibida zararli bolgan ftalat va qorgoshin bolgan vinil yoki polivinilxloriddan tayyorlanadi. Mazkur birikmalar bola terisi bilan muntazam kontaktda bolishi moddalar almashinuvining buzilishi, astma hamda qandli diabetga olib kelishi mumkin. Mutaxassislar maktab sumkalarini xarid qilishda tabiiy mato paxta va lyon yoki neylon va poliefir singari sintetik toladan tayyorlanganiga etibor qaratishni tavsiya qiladi. Yorqin va yaltiroq qoshimcha hamda nakleykali sumkalarni ishlab chiqarishda ham zararli moddalar ishlatilgani bois bunday sumkalar sotib olmaslik maslahat beriladi.

Tushlik taomi solinadigan maxsus qutilar

Plastik, xususan, bolalar taomini solish uchun moljallangan maxsus idishlarni ishlab chiqarishda ham yuqorida zararli ekani takidlangan ftalat moddalarni oz ichiga oladigan vinilli plastiklar ishlatiladi. Ftalat plastikning egiluvchan va mustahkamligini taminlaydi, lekin shu bilan birga bir qancha jiddiy kasalliklar paydo bolishiga sabab boladi. Gap shundaki, uchuvchan hisoblangan ushbu moddalar taom hamda ichimlikka aralashishi mumkin boladi.

Rangli bor qalamlari

AQShda otkazilgan tadqiqot natijalariga kora, aksari maktab bor qalamlari va qalam markalarida uzoq tasiri opka saratonini keltirib chiqarishi mumkin bolgan asbest borligi aniqlangan. Maktab oquv-qurollarida asbest sezilmas darajada ishlatilganiga qaramay, mutaxassislar bola organizmini hatto oz miqdordagi toksin tasirida qoldirish kerak emas degan xulosaga kelgan. Bolalar uchun zararsiz hisoblangan asalari mumidan tayyorlangan bor qalamlarni ishlatish tavsiya qilinadi.

Rangli flomasterlar

Kop flomasterlar tarkibida leykemiya, yani oq-qon kasalligi hamda jigar va buyrak faoliyatini yomonlashishiga olib keluvchi benzol boladi. Uzoq vaqt davomida benzol bugidan nafas olish bosh aylanishi, ogrishi va uyquchanlikka olib kelishi mumkin. Shu sababdan maktab bozori qilish vaqtida tarkibi va nimadan tayyorlanganini yaxshilab organing. Benzolni ichiga oladigan oquv-qurollarni xarid qilmang.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (4-09-2020, 16:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -