» » Anvar Sobirov Fathulla Mas’udov bilan bo‘lgan joynamoz voqeasini aytib berdi (video)

Anvar Sobirov Fathulla Mas’udov bilan bo‘lgan joynamoz voqeasini aytib berdi (video)


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor Fathulla Mas’udov 30 avgust kuni 57 yoshida olamdan o‘tdi.

Xonanda va aktyor Anvar Sobirov  “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga Fathulla Mas’udov bilan gastrol safariga borganda sodir bo‘lgan joynamoz voqeasi haqida so‘zlab berdi.

Biz oilamiz bilan ustozni juda yaxshi ko‘rardik. Og‘abek akam, rahmatli onam juda yaxshi ko‘rardilar, o‘g‘lim, der edilar. Yaxshi kunlarimizda doimo Fathulla akam xizmat qilganlar. Men va Og‘abek akamning ko‘pgina konsertlarida Fathulla akam boshlovchilik qilganlar. Biroz rang-baranglik uchun almashgan bo‘lishi mumkin, lekin o‘shanda ham Fathulla akamning maslahatlarini olardik. Yigit kishi bir odamni o‘ziga ideal deb biladigan bo‘lsa, men san’atda Fathulla akamni ideal bilardim. Fathulla akam hayotda tutgan o‘rni, insoniylik, musulmonlik jihatidan haqiqiy ibrat edi. Ibrat bo‘lishga arzir edi. O‘g‘lim Fathulla akadek bo‘lsa, mehnatsevar, insonlarga ibratli, tartibli, tarbiyali inson bo‘lsa roziman.

Bu joynamoz men uchun judayam ulug‘ bir esdalik bo‘lib qoldi. Kecha o‘sha shum xabarni eshitgan kunim ko‘zimga bosib yig‘ladim. Sababi oxirgi marta Fathulla akam bilan Qashqadaryoda xizmat safarida birga bo‘lib qolganimizda mehmonxonada ikkimizning joynamozlarimiz o‘xshash ekan. Mehmonxonada 3-4 kun turib qaytganimizdan keyin joynamozlar almashib qolgan ekan, men sezmagan ham edim. Oradan qanchadir vaqt o‘tdi, har ko‘rganida Anvar, joynamozingga rozimisan, derdilar. Fathulla aka, joynamoz almashdi xolos-ku, desam, baribir rozi bo‘lib qo‘yaver, senikini adashib olib ketibman, deydilar, qarang, odamiylikni. Hozir oramizda shunaqa rozichilik so‘raydiganlar bormi? Birovning haqqini shunday ko‘zingni oldida yeb indamay ketishadi-ku. Dunyodan qanaqa inson o‘tganini sezyapsizlarmi? Kimni yo‘qotganimizni sezyapsizlarmi? Men yaqin tug‘ishgan akamni yo‘qotdim. Men doim maslahat olib turadigan qadrli insonimni yo‘qotdim.

2015-yili Milliy teatrga rahbar bo‘ldi, deb eshitib telefon qilsam, kamtarlikni qarang: Anvar, hali tabriklashga shoshilma, men bajaruvchi sifatida qo‘yildim, hali tasdiqlanmadi, deydilar. Boshqa birovlar rahbar bo‘lmasdan turib shovqin qilardi-yu. Tarbiyani qarang!

Bu narsalar shunchaki gapdek tuyulishi mumkin, ammo bular hammamizga ibrat bo‘lishi kerak!

Anvar Sobirov, xonanda va aktyor

Ma’lumot uchun, Fathulla Mas’udov 1963-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015-yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. 1999-yili “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan, 2003-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Mavzuga doir: “Naqadar azobli ayriliq daf’i, siyraklashib borar do‘stlarning safi”. Yaqinlari va hamkasblari Fathulla Mas’udovni xotirlamoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют