» » Koronavirusga chalingan 57 yoshli aktyor Fathulla Masudov vafot etdi

Koronavirusga chalingan 57 yoshli aktyor Fathulla Masudov vafot etdi


Ozbek milliy akademik drama teatri direktori, Ozbekistonda xizmat korsatgan artist Fathulla Masudov 57 yoshida koronavirus oqibatida vafot etdi. Bu haqda Ozbekiston Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ozbekiston Madaniyat vazirligi jamoasi Fathulla Masudovning oila-azolari va barcha yaqinlariga chuqur taziya izhor qiladi, deyiladi xabarda.

Fathulla Masudov 1963-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015-yildan buyon Ozbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. 1999-yili Shuhrat medaliga sazovor bolgan, 2003-yili Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan artist unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda aktyorning vafot etgani haqida xabar tarqalgan, aktrisa Muqaddas Sadullayeva esa pochchasining tirik ekanligini aytib, ushbu xabarlarni rad etgandi.

Eslatib otamiz, 25-avgust kuni Ozbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirus oqibatidavafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-08-2020, 22:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 9) ( 0) ( 6) ( 3)
:
-
:
20 ... -