» » Eng yaxshi ijodkor yoshlarga “Ilhom” mukofoti beriladi

Eng yaxshi ijodkor yoshlarga “Ilhom” mukofoti beriladi


Vazirlar Mahkamasining “Ilhom” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 503-sonli qarori qabul qilindi, deb yozadi Norma.

Qaror bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (OO‘MTV), Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Ilhom” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

OO‘MTVga Madaniyat vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan birgalikda “Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash bo‘yicha dasturni ikki oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash hamda tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash topshirildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga OO‘MTV buyurtmasiga binoan mukofot statuetkasi eskizi loyihasini uch oy muddatda ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun Tashkiliy qo‘mitaga kiritish topshirildi.

Mukofotlarni tayyorlash va g‘oliblarni taqdirlash marosimini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar OO‘MTVning Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Nizomda quyidagilar qayd etilgan:

Hujjat 2020-yilning 25-avgustidan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют