» » O‘zbekiston xalq tabobatini rivojlantirish bo‘yicha Xitoy bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston xalq tabobatini rivojlantirish bo‘yicha Xitoy bilan hamkorlik qiladi


Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov hozirda O‘zbekistonda bo‘lib turgan xitoylik shifokor va mutaxassislardan iborat delegatsiya bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik axborot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil aprel oyidagi Xitoyga tashrifi davomida turli sohalar bilan birga sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha ham qator kelishuvlarga erishilgan. Uchrashuv davomida ushbu sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, hozirgi pandemiya bilan bog‘liq vaziyatda ikki davlat o‘rtasida ushbu yo‘nalishda hamkorlik yanada rivojlanib borayotgani qayd etilgan.

Muloqotda xitoylik mutaxassislarning O‘zbekiston tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda COVID-19 pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, uni nazorat qilish va davolash borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlari e’tirof etilgan.

Ma’lum qilinishicha, xitoylik mutaxassislar O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yaxshi natijalarga erishilayotganligi, shuningdek, xalq tabobati borasida yaxshi an’analar shakllangani, ayniqsa, Abu Ali ibn Sino ilmiy merosi, asarlari Xitoyda ham qo‘llanma sifatida keng foydalanilishini e’tirof etgan.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co. Ltd. farmatsevtika kompaniyasi o‘rtasida xalq tabobatini rivojlantirish, bu borada ilmiy izlanishlar olib borish hamda o‘zaro hamkorlikni yana-da kengaytirish bo‘yicha shartnoma ham imzolandi. Unda mamlakatda xalq tabobatini rivojlantirish borasida qator vazifalar belgilandi.

Jumladan, o‘zbek va xitoy xalq tabobatini o‘zaro uyg‘unlashtirib, sohada qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tabobatdan ham tashxis qo‘yishda, ham davolashda unumli foydalanish, shuningdek, mamlakatda yaqin oylarda Xitoy xalq tabobati markazini ochish, mutaxassislarni koronavirusga qarshi kurashda Xitoy tajribasi bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish kabi yo‘nalishlar mavjud.

Uchrashuv so‘ngida xitoylik mutaxassislar tomonidan COVID-19 ga qarshi Xitoyda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan an’anaviy xitoy tabobati usulida tayyorlangan dori vositalarining dastlabki qismi taqdim etildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют