» » O‘zbekiston OTMlarida an’anaviy ta’lim shakli ikkinchi semestrdan qayta tiklanishi mumkin

O‘zbekiston OTMlarida an’anaviy ta’lim shakli ikkinchi semestrdan qayta tiklanishi mumkin


O‘zbekiston OTMlarida an’anaviy ta’lim shakli 2020-yilning yanvar—fevral oylarida, ikkinchi semestr boshlanish vaqtida qayta tiklanishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev “Sevimli” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda OTMlarda an’anaviy ta’lim shaklini o‘quv yilining ikkinchi semestridan boshlashni rejalashtirmoqda.

Uning ta’kidlashicha, 16-mart kuni ta’lim muassasalarida karantin e’lon qilinganidan beri 80 mingdan ortiq talaba Toshkent shahridan viloyatlardagi uylariga jo‘natilgan. Universitetlarga kirish parametrlarining oshishi va birinchi kurs talabalarini hisobga olgan holda, poytaxtga 100 mingdan ortiq talabaning kelishi kutilmoqda, bu epidemiologik vaziyatga ta’sir qilishi mumkin.

“Albatta, an’anaviy ta’lim shakli sifat va samaradorligi bilan ajralib turadi. Ammo biz universitetlarni yetarli moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlashimiz va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishimiz kerak”, — dedi Farhod Babashev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021-o‘quv yili 2-sentabrdan masofaviy shaklda boshlandi. Farxod Babashevning aytishicha, birinchi kurs talabalari bir oydan so‘ng — 2-oktabr kuni o‘qishni boshlaydi.

Hozirda oliy o‘quv yurtlarining bakalavr bosqichiga kirish imtihonlari davom etmoqda. Magistratura bosqichiga kirish imtihonlari esa 8—20-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют