» » O‘zbekiston OTMlarga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun o‘qish 2-oktabrdan boshlanadi

O‘zbekiston OTMlarga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun o‘qish 2-oktabrdan boshlanadi


O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadigan 1-bosqich talabalari uchun o‘qish 2-oktabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

“2-sentabrda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test va ijodiy imtihonlar boshlangan. Bu abituriyentlar o‘qishga qabul qilingach, 2-oktabrdan o‘qishni boshlashi rejalashtirilmoqda.

Oliy o‘quv yurtlarining 2—4-kurs talabalari uchun esa o‘qish bugun, 2-sentabrda boshlanishi iyun oyidan beri aytib kelinmoqda”, — deya Babashev so‘zlarini keltirmoqda “Kun.uz”.

Vazirlik rasmiysi akademik litseylarda o‘qishning boshlanish muddatlari haqida ham ma’lumot bergan bo‘lib, unga ko‘ra, akademik litseylarda, oliy ta’lim muassasalari singari bugun, 2-sentabrdan o‘qish rasman masofaviy shaklda boshlandi.

“Akademik litseylarda ta’limni masofaviy yoki an’anaviy shaklda boshlash bo‘yicha ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilgan. Natijalar tahlil qilindi. 2020-yil 7—14-sentabr kunlari akademik litseylarning 1-bosqichiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilib, natijalari e’lon qilinishi bilan ta’lim an’anaviy yoki masofaviy shaklda davom ettirilishi yuzasidan qo‘shimcha xabar beriladi”, — deb qayd etgan Farhod Babashev.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют