» » O‘zbekiston OTMlarida o‘qish 2-sentabrdan boshlanishi to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi

O‘zbekiston OTMlarida o‘qish 2-sentabrdan boshlanishi to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi


Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘qish 2020-yilning 2-sentabridan boshlanishi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi.

Unda talabalar o‘quv yilining 2-yarmini onlayn tarzda o‘zlashtirib borishi va o‘quv dasturlari tugagandan keyin onlayn test orqali o‘quv yilining 2-yarmi uchun baholanishi aytilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bu xabarning asossiz ekanini e’lon qildi. “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bu mazmunda e’lon berilmaganligini rasman ma’lum qilamiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida respublikadagi barcha OTM talabalari, maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga 16-martdan ta’til berilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют