» » O‘zbekistondagi maktablarda darslar o‘quvchilarning madhiya kuylashidan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistondagi maktablarda darslar o‘quvchilarning madhiya kuylashidan boshlanishi ma’lum bo‘ldi


Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi maktablarda darslar o‘quvchilarning madhiya kuylashidan boshlanishi belgilangani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Unga ko‘ra, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev 17-oktabr kuni barcha hududiy boshqarmalarga rasmiy xat yuborgan. Unda hukumatning 2019-yil 14-oktabrdagi videoselektor majlisi ijrosini ta’minlash maqsadida 2019—2020-o‘quv yilining 2-choragidan boshlab dars va mashg‘ulotlar har kuni O‘zbekiston madhiyasini kuylashdan boshlanishi belgilangan.

XTV bu xabarlar rostigini “Daryo”ga tasdiqladi. Qayd etilishicha, ushbu tartib o‘quvchilarning vatanparvarlik hissini rivojlantirish hamda davlat ramzlariga nisbatan hurmatni mustahkamlash maqsadida joriy etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют