» » Rossiya kompaniyasi O‘zbekistondagi maktablarda elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etishda ishtirok etadi

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistondagi maktablarda elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etishda ishtirok etadi


Xalq ta’limi vazirligi va Rossiyaning “Dnevnik.ru” kompaniyasi umumta’lim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xalq ta’limi vazirligiga AKTni joriy etish yo‘lida davlat-xususiy sherikchiligi ko‘rinishida hamkorlik qilish taklifiga asosan kelib tushgan arizalarni o‘rganish natijasida Rossiya kompaniyasining tashabbusi ma’qullandi.

Ushbu loyihani amalga oshirishda “Dnevnik.ru“ning O‘zbekistondagi vakili “Kundalik” kompaniyasi ishtirok etadi va barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan holda mazkur.tizimni joriy qilish, faoliyatini ta’minlash va rivojlantirish ishlarini olib boradi.

“Kundalik” loyihasi O‘zbekistondagi maktablarda fanlarni o‘zlashtirish darajasi va davomatni qayd etish tizimini joriy etishga qaratilgan. “Kundalik” raqamli ta’lim platformasi Rossiya maktablarida joriy etilgan “Dnevnik.ru” axborot tizimi asosida ishlab chiqiladi.

Tizim onlayn tarzda o‘qituvchilarni darslarini rejalashtirish, dars jadvallarini tuzish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va davomatini elektron jurnal va kundaliklarda qayd etib borish, shuningdek, ta’lim boshqaruv organlari va muassasalarga statistik hisobotlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.

“Kundalik” tizimi o‘quvchilar va ularning ota-onalariga 24 soat davomida baholar va uy vazifalari haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borish imkonini beradi. Shu bilan birga, ular himoyalangan ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilishi hamda onlayn kutubxona va ta’limga oid media resurslardan foydalanishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 10:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют