» » Toshkent maktablarida “Kundalik” tizimi sinovdan o‘tkazila boshladi

Toshkent maktablarida “Kundalik” tizimi sinovdan o‘tkazila boshladi


Poytaxtda xalq ta’limi mutaxassislari uchun “Kundalik” loyihasi taqdim etadigan imkoniyatlar va uning afzalliklariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi, bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ushbu tizim keyingi o‘quv yilidan boshlab mamlakatning barcha umumta’lim maktablarida tatbiq etiladi. U yangi tizimning samaradorligi, mahalliy o‘qituvchilarning uni yanada yaxshilashga doir fikr-mulohazalarini bilish maqsadida avval sinovdan o‘tkaziladi. O‘quv-amaliy seminarda ishtirok etgan pedagoglar o‘qish tugaganidan so‘ng “Kundalik” tizimini amaliyotda sinab ko‘radi va o‘z hisobotlari va xulosalarini ushbu platforma yaratuvchilariga taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, maktablarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish qog‘oz shaklidagi hisobotlar bilan ishlashni sezilarli darajada qisqartirish, ta’lim jarayonini boshqarish hamda o‘quvchilarning darsga qatnashi va uni o‘zlashtirishiga doir xolis hisobotlarni tayyorlash vositasini yaratish imkonini beradi.

“Kundalik” loyihasi mamlakat maktablarida davlat-xususiy sherikchiligi doirasida o‘quvchilarning darsga qatnashi va uni o‘zlashtirishini qayd etib borish tizimini joriy etishni ko‘zda tutadi. “Dnevnik.ru” MChJning O‘zbekistondagi vakili hisoblangan “Kundalik” kompaniyasi ushbu tizimni joriy etish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha barcha sarf-xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.

Mazkur tizim dars jadvali, o‘qituvchilarning dars rejalarini onlayn-rejimda tuzish, o‘quvchilarning darsga qatnashi va uni o‘zlashtirishini jurnal va kundalikning elektron shaklida qayd etib borish imkonini beradi hamda ta’lim tashkilotlari va ushbu soha boshqaruv organlarini statistik hisob-kitobni tuzish vositalari bilan ta’minlaydi. “Kundalik” tizimi o‘quvchilar va ularning ota-onalariga o‘quvchilarning o‘zlashtirish baholari va uy-vazifalaridan tun-u kun xabardor bo‘lish, samarali muloqot uchun himoyalangan ijtimoiy tarmoq va ta’lim resurslari – onlayn-kutubxona va mediatekadan foydalanish imkoniyatini taklif etadi.

““Kundalik” raqamli platformasi O‘zbekiston — Rossiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim loyihalardan bo‘lishiga ishonchimiz komil. Hamkorligimiz mamlakat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi”, — deydi “Dnevnik.ru” MChJ bosh direktori N.Levi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют