» » O‘zbekiston maktablarida zo‘ravonlikning oldini olishga yo‘naltirilgan loyihada AQShlik mutaxassis ishtirok etadi

O‘zbekiston maktablarida zo‘ravonlikning oldini olishga yo‘naltirilgan loyihada AQShlik mutaxassis ishtirok etadi


2019-yildan boshlab Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida loyihalarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazirlik axborot xizmati xabarida keltirilishicha, “Maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish va ijobiy psixologiyani o‘qitish metodikasi” loyihasi o‘tkazilishi rejaga kiritilgan.

Loyiha maktablarda o‘quvchilarning emotsional holatini aniqlash va ijobiy psixologiya metodini o‘qitish orqali bullingning oldini olish va unga qarshilikni oshirishga qaratilgan.

Mazkur besh oylik loyihani amalga oshirishda AQShlik professor Lori Vulf ishtirok etadi. Professor AQShda ijobiy psixologiya sohasi mutaxassisi, bir qator ilmiy nashrlar va professional taqdimotlar muallifi. Vulf xonim bolalar va o‘qituvchilar o‘rtasida stressni boshqarish, shuningdek, bolalarda ruhiy zo‘riqish holatini aniqlashga ixtisoslashgan ekspert. Lori Vulf AQShning turli ta’lim muassasalarida faoliyat yuritgan.

2019-yilning iyul oyiga qadar pozitiv psixologiya metodi Toshkent shahridagi to‘rtta maktabda hamda Nukus, Buxoro, Samarqand va Namangandagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida sinovdan o‘tkaziladi.

Asosiy e’tibor mamlakatdagi maktablarda ruhiy tushkunlikka tushgan bolalarni aniqlash, shuningdek, o‘qituvchi va psixologlar uchun tashkil etilgan trening va mashg‘ulotlar orqali stressni yengib o‘tishiga ko‘mak berishga qaratiladi. Shu bilan birga, loyiha o‘qituvchilarga ham stress va ishdan “sovish” holatlarining oldini olishda yordam beradi.

Mazkur loyiha doirasida ishtirokchilar imtihon paytida va hayotlarida stressni yengib o‘tishga qaratilgan trening, seminar va turli mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.

Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa ijobiy psixologiya metodi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarining o‘qituvchilar va psixologlarini o‘qitish dasturlariga joriy etish rejalashtirilgan.

Yanvar oyida Vazirlik YuNЕSKO bilan hamkorlikda umumiy o‘rta maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish loyihasini amalga oshirishni boshladi. Loyiha 2019-2020-yillarda amalga oshiriladi va zo‘ravonlikni oldini olishga bag‘ishlangan o‘quv materiallarini O‘zbekiston sharoitiga va qonunchiligiga moslashtiriladi. Loyihada yevropalik mutaxassislar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, XTV @xtvabbot botini ishga tushirgan bo‘lib, uning yordamida zo‘ravonlik va agressiyaga oid ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar savollariga javob berilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют