» » Dubayda maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi semizlikka qarshi kurash boshlandi

Dubayda maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi semizlikka qarshi kurash boshlandi


Dubai Health Authority maktablarda bolalar semizligining oldini olish dasturini ishga tushirmoqda. Bu haqda UAE Inside xabar berdi.

Ortiqcha vaznga ega o‘quvchilar sonini 2021-yilga qadar 2 foizgacha tushirish maqsad qilingan dastur joriy o‘quv yilidan boshlanadi. Hozirda bu ko‘rsatkich 14 foizni tashkil etmoqda.

Dastur qisman ishga tushirildi: yaqinda maktablar o‘quvchilarning salomatlik mezonlari va bundan ota-onalarning qoniqishiga qarab baholanadigan Happy School Initiative reytingi paydo bo‘ldi. Undagi muhim yo‘nalishlardan biri ortiqcha vaznga ega bolalar foizi hisoblanadi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarida gazli ichimliklar, yog‘li taomlar va bola organizmida yog‘ miqdorini ko‘paytiradigan boshqa mahsulotlarning sotuvi va iste’moli man etildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-08-2017, 13:27)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей...