» » “Bu yer mening uyim”. Lionel Messi “Barselona”da qolishini ma’lum qildi

“Bu yer mening uyim”. Lionel Messi “Barselona”da qolishini ma’lum qildi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Argentinalik futbolchi katalon klubida qolishi ma’lum qildi.

Norozi bo‘ldim, ketishni istadim. Bu ishni qilishimga yo‘l qo‘yishmadi, shu sabab sudlashmaslik uchun klubda qolaman.

Har doim klubni birinchi o‘ringa qo‘yib kelganman. “Barselona”dan ketishga juda ko‘p imkoniyat bo‘lgan.

Pullar? Istalgan yilda ketishim va “Barselona”dagidan ko‘proq pul ishlab topishim mumkin edi. Men har doim bu yer uyim ekanini aytganman, shuni his qilganman va his etyapman. Boshqa joyda bu yerdagidan yaxshiroq maskan topish qiyin.

Lionel Messi, “Barselona” hujumchisi

Avgust oyi oxirida Messi “Barselona”dan ketishini ma’lum qildi va “Manchester Siti”ga o‘tishga yaqin edi. Biroq katalon klubi hujumchini tekinga qo‘yib yuborishni istamadi va uni xarid qilmoqchi bo‘lganlardan 700 million yevro miqdoridagi tovon pulini so‘radi.

3-sentabr kuni “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu va Messining otasi o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tgan. Unda funksioner Messi transferi borasida hech qaysi klub bilan muzokara olib borilmasligini aytgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют