» » Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan Turkmanistonda talabalar paxta terimiga jo‘natiladi

Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan Turkmanistonda talabalar paxta terimiga jo‘natiladi


Ob-havo sharoitlari sababli Turkmanistonning Lebop viloyatida g‘o‘za bilan band bo‘lgan maydonlarning taxminan 60 foiziga ekin qayta ekilgan. Shu sababli paxta terimining boshlanishi noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda ”Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Qayd etilishicha, terim mavsumi ortga surilganiga qaramasdan viloyatdagi Saidiy nomidagi pedagogika instituti talablari va bir necha litsey o‘quvchilari paxta terimiga borishi zarurligi haqida ogohlantirilgan. Talabalar viloyatning uzoq tumanlariga olib ketiladi.

Talabalar va budjet tashkilotlari xodimlari 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sababli aholini paxta terimiga ommaviy jo‘natish bekor qilinishiga umid bildirgandi, biroq bu yuz bermadi.

Tumanlardagi qishloq xo‘jaligi birlashmalari rahbarlari qarshi chiqishiga qaramasdan hududlar rahbarlari talabalar va davlat idoralari xodimlarini qo‘shimcha ish kuchi sifatida paxta terimiga jo‘natadi. Paxta ishlab chiqaruvchilarning o’zlari ham bunday yordamni xohlamaydi. Bu ular uchun ortiqcha xarajat va ishlarni yuzaga keltiradi.

Avvalroq Turkmanistonning Sarhadobod shahrida pista terishga jo‘natilgan 11 nafar askar halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют