» » Namangandagi bozorda 2 ayolning qulog‘idagi ziraklarini tortib olgan 3 ovsinga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namangandagi bozorda 2 ayolning qulog‘idagi ziraklarini tortib olgan 3 ovsinga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Namangan shahridagi “Chorsu” bozorida 2020-yilning 24-avgust kuni uch nafar ovsin o‘zaro til biriktirib, ikki nafar ayolning qulog‘idagi ziraklarini tortib olgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 24-avgust kuni soat 10:00 da Namangan shahridagi “Chorsu” bozorida joylashgan avtoshohbekat oldida noma’lum ayollar 38 yoshli N.T.ning qulog‘idagi bir dona narxi 1,5 million so‘mlik sariq metalldan yasalgan ziragini tortib olgan.

Bundan tashqari, shu kuni soat 13:00 da mazkur ayollar “Chorsu” bozorining ichida 27 yoshli O.S.ning qulog‘idagi bir dona narxi ikki million so‘mlik sariq metalldan yasalgan zirakni tortib olib hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi ovsinlar — 26 yoshli G.S., M.Yu. va 22 yoshli N.Yu. sodir etilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Namangan shahri IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют