» » Mushuklar ko‘pqavatli uylarda burgalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladimi? Mutaxassislar aniqlik kiritdi

Mushuklar ko‘pqavatli uylarda burgalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladimi? Mutaxassislar aniqlik kiritdi


Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi daydi mushuklar ko‘pqavatli uylarda burgalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lish-bo‘lmasligiga aniqlik kiritdi. Qo‘mita tomonidan tushuntirish “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati so‘roviga binoan berilgan.

Mutaxassislarga murojaat qilishga ko‘pqavatli uylar aholisi o‘rtasidagi bahslar sabab bo‘lgan. Ularning ayrimlari mushuklar ko‘pqavatli uylar podyezdi va yerto‘lasida burgalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, degan fikrda. Shu sababli hayvonlarni shafqatsizlarcha yo‘q qilmoqda.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Mehr va Oqibat” jamiyatining murojaatiga javoban rasmiy xat yuborgan. Unda qayd etilishicha, javob xati veterinariya bo‘limi xodimlarining ko‘p yillik tajribasi va ilmiy izlanishlariga tayangan holda tuzilgan.

Qo‘mitaning bildirishicha, yerto‘la burgalari kabi mayda parazitlar paydo bo‘lishi va ko‘payishiga ko‘cha mushuklari yoki itlar emas, yerto‘ladan foydalanishda sanitariya me’yorlariga rioya qilmaslik, burgalar ko‘payishiga qulay sharoit yaratuvchi namlik va axlat bosishi sabab bo‘ladi.

“Yuqorida aytib o‘tilgan ko‘cha mushuklari va itlari faqat ularning tashuvchisi bo‘lishi mumkin xolos”, — deyiladi javob xatida.

Qo‘mita, shuningdek, uylardagi parazitlarga qarshi kurash bo‘yicha tavsiyalar ham bergan. Mutaxassislarning fikricha, ko‘cha hayvonlarini o‘ldirish o‘rniga yerto‘ladagi burgalar yashash muhitini o‘zgartirish lozim. Buning uchun yerto‘lalarni dezinfeksiya qilish bo‘yicha profilaktik choralar ko‘rish, ularni chiqindilardan tozalash hamda ozodalik va tartibni saqlash lozim.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 03:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют