» » Hayvonlar himoyachilari: “Hukumat insonlar mas’uliyatsizligi oqibatlari bilan kurashmoqda”

Hayvonlar himoyachilari: “Hukumat insonlar mas’uliyatsizligi oqibatlari bilan kurashmoqda”


“Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati Toshkent hukumatining poytaxtda daydi hayvonlarni tutish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish qarori yuzasidan izoh berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Hukumat insonlar mas’uliyatsizligi oqibatlari bilan kurashmoqda (hayvonlar ko‘chada qanday paydo bo‘lib qolganini eslash kerak, xolos). Hayvonlarni yo‘q qilish masalani hayvonlar himoyachilari bilan muhokama qilish, daydi hayvonlar muammosi hal etib bo‘lingan rivojlangan mamlakatlar tajribasiga murojaat qilish va o‘z shahrida, keyin esa mamlakatida nimadir qilishga urinishdan ko‘ra ancha osonroq. Biz nima uchun shundayligini tushunamiz, ammo buni qabul qilmaymiz”, — deyiladi jamiyat bayonotida.

“Hozir davlatga qiyinligini, hal qilish uchun ko‘plab masalalar kutib turganini va Prezidentimiz sharofati bilan ko‘plab muammolar asta-sekinlik bilan yechilayotganini tushunamiz. Bunday vaziyatlarda aynan biz — fuqarolar, jamoatchilik tashkilotlari — birlashib, mamlakatimizga bizning ishtirokimizda hal qilinishi mumkin bo‘lgan masalalarda yordam berishimiz kerak”, — deya ta’kidlanadi.

Jamiyat uni bunday masalalarni muhokama qilishga hatto jalb etmasliklarini afsus bilan qayd etar ekan, daydi hayvonlarni tutish xizmatini qayta tashkil qilib, uning o‘rniga daydi hayvonlarni qutqarish xizmatini tuzishni taklif qilmoqda. Xizmat maqsadi “qutqarish va asrash” bo‘lishi kerak.

“Mehr va Oqibat” hokimiyatning turli tarmoqlari, vazirliklar va muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoatchilik vakillari ishtirokida ishchi guruh tuzib, “Hayvonlarga insoniy munosabatda bo‘lish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishni taklif etmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют