» » Farg‘onada Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo‘limlariga Nexia-3 avtomobillari topshirildi

Farg‘onada Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo‘limlariga Nexia-3 avtomobillari topshirildi


Farg‘ona viloyatida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasining tuman va shahar bo‘limlariga viloyat hokimligi tomonidan Nexia-3 avtomashinalari topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘limi rahbarlariga mashinalar kalitini topshirish marosimida hokimlik, davlat va jamoat tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan agentlik yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda o‘ziga xos tizimga aylangani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi yangi organ — Yoshlar ishlari agentligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etilgandi.

Alisher Sa’dullayev yangi tashkil etilgan Prezident huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlangan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют