» » Alisher Sa’dullayev Yoshlar ishlari agentligi direktori etib tayinlandi

Alisher Sa’dullayev Yoshlar ishlari agentligi direktori etib tayinlandi


Shavkat Mirziyoyevning 10-iyuldagi qarori bilan Alisher Sa’dullayev yangi tashkil etilgan Prezident huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Shu munosabat bilan Alisher Sa’dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 30-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi yangi organ — Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilgandi. Yangi agentlik tashkil topganidan keyin Alisher agentlik direktori bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Sa’dullayev 1994-yil 11-iyulda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini (MDIST) bitirgan. 2017-yil iyul oyigacha Result o‘quv markazini boshqarib kelgan. 2017-yil iyul oyidan 2018-yil oktabr oyigacha Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2018-yil 27-oktabrdan buyon O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, 2020-yil 17-yanvarida Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni bilan Alisher Sa’dullayev senator etib tayinlangan va mamlakat tarixidagi eng yosh Senat a’zosiga aylangandi.

Avvalroq Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar, Davlat statistika qo‘mitasi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlangani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Alisher Sa’dullayev: Prezident ishonchi — katta qarz, buni unutmasligimiz kerak



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют