» » Uch yil qamalda yashagan shahar. 5-sentabr – Ikkinchi jahon urushida Leningrad blokadasi boshlangan kun

Uch yil qamalda yashagan shahar. 5-sentabr – Ikkinchi jahon urushida Leningrad blokadasi boshlangan kun


Leningrad blokadasi – salkam uch yil davom etgan harbiy qamal bo‘lib, hozirgi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan. Qamal Ikkinchi jahon urushi davrida Moviy divizion vakillari – nemis, fin va ispan qo‘shinlari tomonidan shaharni egallash va uni yo‘q qilish maqsadida amalga oshirilgan edi. “Daryo” ushbu tarixiy qamal haqida hikoya qiladi.

Leningrad jangidan avval nemis askarlari ko‘plab yo‘llarni bosib o‘tdi va nihoyat, 1941-yilning 5-sentabr sanasida Leningradni to‘laqonli egallab olishdi va uni butun mamlakatdan uzib qo‘yishdi. 871 kun davom etgan qamal boshlangach, Leningrad bilan aloqalar faqatgina ikki yo‘l orqali – Ladoga ko‘li va havo orqali saqlanib qoldi.

Shahar egallab olingandan so‘ng oziq-ovqat va yoqilg‘i taqchilligi boshlandi. Leningradga kirib-chiqish faqatgina Ladoga ko‘li orqali bo‘lgani sababli tashqariga kemada chiqish mumkin edi xolos, uning ustiga ko‘l atrofida dushman dengiz kuchlari izg‘ib yurar edi. Ushbu transport arteriyasining quvvati shahar ehtiyojlarini qondirish uchun yetmadi va natijada Leningrad keng ko‘lamli ocharchilikka duchor bo‘ldi. Qishga kelib muammo soni yana bittaga ortdi – issiqlik. Ushbu muammolar yanada og‘irlashib, 100 minglab aholining yostig‘ini quritdi.

1940-yilning 18-dekabrida Gitler “Barbarossa” operatsiyasi deb nomlangan 21-direktivani imzoladi. Ushbu rejada uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha SSSRga uch guruh qo‘shinlari tomonidan hujum qilish nazarda tutilgan edi: “Shimol” guruhi Leningradga, “Markaz” Moskvaga va “Janub” Kiyevga.

Leningrad SSSRning 3,2 million aholisini o‘ziga sig‘dirgan muhimligi bo‘yicha ikkinchi shahar edi. Leningrad u paytlarda ilmiy-texnik jihatdan boshqa shaharlarga nisbatan ancha yuksalgan edi, qolaversa, ishlab chiqarish va qurilish sohalari ham rivojlangan edi.

Leningradni egallab olish bilan nemis qo‘mondonlari bir qator muhim vazifalarni hal qilishlari mumkin edi:

Bu orada 17-iyun kuni Finlyandiyaning butun armiyasini safarbar qilinishi to‘g‘risida farmon chiqdi va 20-iyunda safarbar qilingan armiya Sover-Finlyandiya chegarasida to‘plandi. Shundan so‘ng finlar ham jangga qo‘shildi. Finlarning SSSRga qarshi yurishi birinchi bo‘lib 29-iyun kuni quruqlikdagi hujum orqali boshlandi.

1941-yilning 22-iyunida Germaniya SSSRga hujum uyushtirdi. Bu kunda Leningrad shahri va viloyatida, boshqa ko‘plab shaharlar kabi harbiy (favqulodda) holat e’lon qilindi. Leningrad harbiy-okrug qo‘mondoni general-leytenant Popov Luga hududida Pskov yo‘nalishida qo‘shimcha mudofaa chizig‘ini yaratish bo‘yicha buyruq oldi. Leningradga, asosan, himoyalanish uchun qal’alar qurishga katta ishchi kuchi kerak bo‘ldi. Muddatli harbiy xizmatga 16 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar jalb qilindi.

Ishli aholi o‘z ishidan so‘ng jamoat ishlarida uch soat, ishsizlar esa sakkiz soat ishlashi majburiy qilib belgilandi. Qurilish ishlari yetti kun ketma-ket ish so‘ng to‘rt kun dam olish kunlari shaklida o‘tkazildi. Mudofaa inshootlari Leningrad yaqiniga ham, ichiga ham qurilgan. 1941-yilning 20-avgust holatiga ko‘ra, Leningradda 814 ming kishiga mo‘ljallangan bombadan himoyalovchi va 672 ming kishilik 336 ta chiziqli quvur-xandaqlar mavjud edi. Bu bilan bir vaqtda 65 ming kishini o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan yana 383 ta boshpana barpo etilayotgan edi.

12-iyul kuni navbatdagi nemis bo‘linmalari Luga hududiga yetib bordi, u yerda esa nemislar hujumi kechiktirildi. Charchagan harbiy guruh Leningrad tomon ozgina oldinga yurdi xolos. Ruslar ushbu to‘xtalishdan foydalanib, oz bo‘lsa-da tayyorgarlik ko‘rib oldi. Germaniyaning hujumi bir necha haftaga cho‘zildi. Shahar qo‘lga kiritilmagach, Gitler ushbu to‘xtalishlardan norozi bo‘ldi. U sentabrdan kechiktirmasdan Leningradni bosib olish rejasini tayyorlash uchun “Shimol” harbiy guruhiga maxsus tashrif uyushtirdi.

Gitler va harbiylarning ko‘plab muhokamalaridan so‘ng nemis askarlari qayta yig‘ildi va Katta Sabskda ilgari egallab olingan plasedarmdan boshlab Krasnogvardeys yo‘nalishi bo‘yicha hujumlar boshlashdi. Bir necha kundan so‘ng Luga mudofaasi yorib o‘tildi. 15-avgustda nemislar Novgorodni, 20-avgust –Chudovni, 30-avgust esa nemis qo‘shinlari Mga qishloqchasini bosib olib, Leningradni mamlakat bilan bog‘laydigan so‘nggi temiryo‘lni ham kesib tashlashdi.

“Shimol” guruhi buyruq oldi. Unga ko‘ra, shaharni uzuk kabi qurshab olish va bunda kuchlarni avaylash zarur edi. Bu orada esa finlar armiyasi SSSRga qarshi jang boshlab yuborgan edi. Ular ham Leningrad uchun jangga qo‘shilib, nemis qo‘shinlariga yordam berdi. Ikkala qo‘shinning birgalikdagi yurishi sentabr boshiga to‘g‘ri keladi. Unda Gitler buyrug‘iga asosan sovet qo‘shinlarini 15-sentabrdan kechiktirmasdan Leningrad viloyatida qurshab olishlari va “Markaz”ga o‘zining mexanizatsiyalashga jangarilarini va aviatsiyasini taqdim etilishi kerak edi.

8-sentabr kuni “Shimol” harbiylari Shlisserburgni bosib oldi, bu shaharni nazorat qilish bilan Leningradni quruqlikdagi aloqalarini butunlay uzish mumkin edi. Shimol tomondan finlyandiyalik askarlar shaharni qurshab oldi, shu kundan boshlab 872 kunlik qamal boshlandi. Bosib olingan hududlarning umumiy maydoni besh ming kv km edi. “Qamal uzugi” ichiga Boltiq floti, Leningrad frontining aksar qismi va ko‘plab oddiy aholi kirgan edi. Qo‘shinlar va shaharning barcha tinch aholisini qo‘shib hisoblaganda 2,5 milliondan ortiqroq kishi blokadada bo‘lgan. Leningrad osmonida endi erkinlik bulutlari yo‘q edi, barcha temiryo‘l, daryo va avtomobil aloqalari uzilgan. Boshqa shaharlar bilan aloqalar faqatgina havo va Ladoga ko‘li orqali qattiq nazorat bilan bo‘layotgan edi.

10-sentabrda Gitlerning 15 ta ko‘chma bo‘linmani “Markaz”ga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘iga bo‘ysunmasdan Fon Leeb Leningradga hujum boshlab yuboradi. Natija kutilganidek bo‘ldi – shahar atrofidagi sovet qo‘shinlari mudofaasi buzildi. Qamalda o‘tgan 872 kun esa alohida bir mavzu, uni bu yerda shunchaki yozib o‘tishning iloji yo‘q.

Mirjalol Qosimov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют