» » Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga har oy bepul oziq-ovqat va kiyim-kechak beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga har oy bepul oziq-ovqat va kiyim-kechak beriladi


Prezident qarori bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, konslagerlarning voyaga yetmagan asirlari, Leningrad blokadasi paytida ishlagan fuqarolarga oylik bepul oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak, shaxsiy gigiyena vositalari beriladi. Bu haqda Telegram’dagi “Davletovuz” kanali orqali ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, bir kishiga har oy 3 kilogramm un, 1 kilogramm guruch, 0,5 kilogramm grechka, 0,5 kilogramm makaron, 1 kilogramm lahm go‘sht, 1 kilogramm parranda go‘shti, 0,2 kilogramm saryog‘, 15 dona tuxum, 1 kilogramm shakar, 1 litr yog‘, 0,2 kilogramm choy, 0,1 tualet sovuni, 0,2 kilogramm xo‘jalik sovuni, 0,15 kilogramm kir yuvish kukuni, 8 dona taglik beriladi.

Shuningdek, erkaklarga kostyum, kurtka, bosh kiyimi, qishki oyoq kiyim, yengil oyoq kiyim, issiq ichki kiyim, bir donadan sviter, sorochka, ikki donadan ichki kiyim, to‘rt juftdan paypoq, ayollarga — issiq ko‘ylak, palto, qishki va yozgi ro‘mol, qishki oyoq kiyim, yengil oyoq kiyim, yengil ko‘ylak, issiq ichki kiyim, bir donadan sviter, ikki donadan ichki kiyim, to‘rt donadan chulki beriladi.

“Bu esa 1-oktabrgacha beriladi. Hammasi tekin, hammasi o‘zimizning mahsulotlar”, — deyiladi xabarda.

Bu ish bilan “Nuroniy” jamg‘armasi shug‘ullanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют