» » Rossiyaning Leningrad viloyatida mikroavtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Leningrad viloyatida mikroavtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi


Rossiyaning Leningrad viloyatida 6-fevral kuni Tixvin—Novaya Ladoga avtoyo‘li 423-kilometrida mikroavtobus va yuk avtomobilining to‘qnashuvi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.

Mahalliy vaqt bo‘yicha 06:20 da mikroavtobus haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish qismiga chiqib, “Iveko” yuk avtomobili bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida haydovchi va mikroavtobusning besh nafar yo‘lovchisi halok bo‘ldi.

Avariya vaziyatlari aniqlashtirilmoqda.

Avvalroq Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatlarida kuchli qor yog‘ishi kuzatilganligi haqida ma’lum qilingan edi. Ular mintaqada YTH soni oshishiga olib keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 17:04)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют