» » Bektemir tumanida yashovchi ayolning mahallada jamoat transporti harakatini yo‘lga qo‘yish borasidagi murojaati rad etildi

Bektemir tumanida yashovchi ayolning mahallada jamoat transporti harakatini yo‘lga qo‘yish borasidagi murojaati rad etildi


O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, Prezidentning Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan Bektemir tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bektemir tumanida istiqomat qilayotgan sobiq 21-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Yuliya Nizomova bir necha oy avval uy-joy ajratishlarini so‘rab tegishli organlarga murojaat qilgan. Natija chiqmagach, Prezident Virtual qabulxonasiga ariza bergan. Sayyor qabul chog‘ida Y.Nizomovaning murojaati o‘rganib chiqildi va unga uy ajratishga qaror qilindi.

Bektemir tumanidagi Majnuntol mahallasida yashovchi Mavluda Rasulova 12-aprelda Prezidentning Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga mahallada jamoat transporti harakatini yo‘lga qo‘yib berish yuzasidan murojaat qilgan.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi O.Sodiqovning bildirishicha, Mavluda Rasulova istiqomat qiladigan Majnuntol mahallasida avtobuslar harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yo‘qligi uchun mahallaga yaqin Parkent yo‘li shohko‘chasidan avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют