» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston yuk tashishni tashkil etish maqsadida qo‘shma logistika xablarini yaratadi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yuk tashishni tashkil etish maqsadida qo‘shma logistika xablarini yaratadi


O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov va Qirg‘iziston bosh vazirining o‘rinbosari Erkin Asrandiyev o‘rtasida 2020-yilning 3-sentabr kuni videokonferensiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiya, savdo va transport-logistika sohalarida sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi va o‘zaro manfaatli hamkorlikning aniq maqsadlari belgilandi.

Investitsiya sherikligini faollashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi choralar to‘g‘risida konstruktiv fikr almashilib, tomonlar O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash hamda amalga oshirilishini boshlashga kelishib oldi.

Tomonlar savdo sohasida to‘xtalib, savdo aylanmasi o‘sishining ijobiy dinamikasini qayd etdilar: so‘nggi uch yilda savdo aylanmasi qariyb besh baravar o‘sib, 2019-yilda 818,4 million dollarni tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishda yaqin vaqtlarda o‘zaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazish maqsadida pandemiyaning salbiy ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha birgalikda choralar ko‘rish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish bilan bog‘liq bir qator masalalar ishlab chiqildi.

Muzokaralar davomida transport sohasida o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasidagi temiryo‘l orqali yuk tashish hajmi 10,7 foizga o‘sib, 1,47 million tonnani, avtomobil yuk tashish hajmi esa 38,2 foizga o‘sib, 1,49 million tonnani tashkil etganligi qayd etildi. Tomonlar yuk tashishga sarflanadigan vaqtning sezilarli darajada kamayishiga va tashuvchilarning transport xarajatlarini optimallashtirishga imkon yaratgan Andijon—O‘sh—Irkishtom—Qoshg‘ar uchastkasida avtotransport vositalaridan foydalangan holda O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy yo‘lagi bo‘ylab multimodal yuk tashishlari ishga tushirilganligini ta’kidladi.

Ushbu yo‘nalishdagi mavjud salohiyatni hisobga olgan holda chegara nazorat punktlaridagi yo‘llarning o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish va yo‘lovchilar, transport vositalari va yuklarning tranziti uchun sharoitlarni yaxshilash, jumladan, bojxona, sanitariya, transport va chegara nazorati jarayonlarini raqamlashtirish orqali birgalikda choralarni amalga oshirish istiqbollari qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan kombinatsiyalashgan yuk tashishlarni tashkil etish maqsadida qo‘shma logistika xablarini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari darajasida investitsiya, savdo, transport-logistika hamkorligi masalalarining tezkor ravishda kelishish bo‘yicha mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, bu esa belgilangan yo‘nalishlar doirasidagi o‘zaro amaliy faoliyat samaradorligini oshirishi ta’kidlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют