» » Konor Makgregor yil davomida eng ko‘p daromad qilgan mashhurlarning top-100 reytingidan joy oldi

Konor Makgregor yil davomida eng ko‘p daromad qilgan mashhurlarning top-100 reytingidan joy oldi


Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Forbes talqiniga ko‘ra dunyoning eng ko‘p daromad topadigan mashhur shaxslari ro‘yxatida 53-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Irlandiyalik yakkakurashchi 2019-yilning iyulidan 2020-yilning iyuliga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 48 million dollar ishlab topgan.

Konor pullarning katta qismini 2019-yilning yanvarida Donald Serronega qarshi kechgan jangida qo‘lga kiritgan. Makgregor ushbu bellashuvda 30 million dollar ishlab olgandi. Bundan tashqari, irlandiyalik sportchi Reebok reklamasidan 5 million ishlagan. Qolgan daromad viski sotuvidan tushgan foydani tashkil qildi.

Konor top-100 reytingdan o‘rin olgan yagona MMA jangchisi bo‘ldi. Bundan tashqari reytingdan Tayson Fyuri (34-o‘rin, 57 million dollar), Deontey Uaylder (59, 46,5 mln) va  Saul Alvares (91, 37 mln) kabi bokschilar o‘rin oldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют