» » Qashqadaryoda 2019-yilgi paxta terimida eng ko‘p majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgani ma’lum qilindi

Qashqadaryoda 2019-yilgi paxta terimida eng ko‘p majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgani ma’lum qilindi


2020-yil 5-sentabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan paxta mavsumiga tayyorgarlikka bag‘ishlangan matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov paxta terimi bo‘yicha eng ko‘p Qashqadaryo viloyatida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilganini ma’lum qildi.

Xususan, respublika bo‘yicha Qashqadaryoda – 21 foiz, Jizzaxda – 20 foiz va Toshkent viloyatida 18 foiz majburiy mehnat holati aniqlangan. Bundan tashqari, 3 mingdan ortiq turli tashkilot xodimlari va 9 nafar voyaga yetmagan shaxslarning paxta terimiga jalb qilingani ma’lum bo‘ldi.

“2020 yil paxta terimi mavsumida ham shunday salbiy holatlarning oldini olish uchun Davlat mehnat inspeksiyasidan 600 nafar xodim ajratildi. Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda @mehnathuquqbot va @terimuzbot Telegram kanallari va 1092 qisqa raqamli Call-markaz faollashtirilgan. Majburiy mehnatga jalb qilish holati kuzatilganda fuqarolar yuqoridagi raqamlar orqali ism-sharifini ko‘rsatmasdan faqat telefon raqamini kiritib, manzili va voqea holatini aks ettirgan holda murojaat yo‘llashi mumkin. Shundan so‘ng kelib tushgan murojaat tegishli tartibda o‘rganiladi va huquqbuzarlik aniqlansa, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan shaxsga nisbatan tegishli tarzda chora ko‘riladi”, — dedi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov.

Ma’lumot o‘rnida, majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha yoki jinoiy javobgarlikka tortish jazo chorasi qo‘llaniladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют