» » AQShda dunyodagi eng qimmat tanga sotuvga qo‘yildi

AQShda dunyodagi eng qimmat tanga sotuvga qo‘yildi


AQShda 1794-yilda ishlab chiqarilgan kumush dollar sotuvga qo‘yildi, u dunyodagi eng qimmat tanga hisoblanadi. 2013-yilda u 10 million dollarga sotilgan edi va u ushbu rekordni yangilashi mumkin, deb xabar beradi CNN.

Birinchi zarb qilingan dollarga Ozodlikning qadimgi Rim ilohasi uslubidagi tasviri tushirilgan. Orqa tomonida esa oqbosh burgut — AQSh geraldik ramzi mavjud.

“Ushbu orzu tangasi — bebaho artefakt bo‘lib, u bilan faxrlanaman va undan ayrilayotganimdan afsusdaman. Tanganing yangi egasi uni xuddi mendek qadrlashiga umid qilaman”, — deydi tanga egasi Bryus Morelan.

Ta’kidlanishicha, bu kabi tangalardan jami 1758 dona chiqarilgan bo‘lib, hozirga qadar 130 ga yaqini yetib kelgan. Ular, asosan, Kongress a’zolari va AQShning faxriy fuqarolari uchun mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda AQShda 1879-yili zarb etilgan 4 dollar nominalidagi noyob tilla tanga Bonhams auksion uyi tomonidan Los-Anjelesda sotuvga qo‘yilgan edi.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniyada alifbo harflari tushirilgan 10 pensli tangalar muomalaga chiqarildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют