» » “Boshqa viloyatga borib paxta teruvchilarning har biriga 500 ming so‘mdan moliyaviy yordam beriladi” — Bahodir Umrzoqov

“Boshqa viloyatga borib paxta teruvchilarning har biriga 500 ming so‘mdan moliyaviy yordam beriladi” — Bahodir Umrzoqov


AOKAda 5-sentabr kuni qator vazirlik rasmiylari ishtirokida paxta mavsumiga tayyorgarlik va majburiy mehnatning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda OAV vakillarining o‘nlab savollariga javob qaytarildi.

Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqovning ta’kidlashicha, bu yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida majburiy mehnatni yo‘q qilish, bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

“Paxta terimi og‘ir jismoniy mehnat jarayoni bo‘lgani uchun buni tashkiliy-huquqiy va moliyaviy tomonlarini hukumatimiz har tomonlama o‘rgandi hamda bu borada yangi prinsipial tarzda ish tashkil qilish masalasi qo‘yildi.

Birinchidan, paxta teradigan yollanma ishchilarning hech biri shartnomasiz paxta dalasiga chiqmaydi. Buning uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida qo‘shma hujjat imzolandi va unga asosan nizom ishlab chiqildi. Paxta terimi mavsumiga hashar sifatida qaralmaydi. Jarayonga shartnoma asosida ko‘ngillilar jalb qilinadi. Yetishtirilgan paxtani qonuniy tartibda terib olish choralari ko‘riladi.

Ish beruvchi va yollanma paxta teruvchi o‘rtasida teng huquqli munosabat belgilangan. Bu borada qator tegishli tashkilot vakillari mehnatni munosib sharoitlariga e’tiborni kuchaytiradi. Jarayonda kasal bo‘lib qolish, shikast olish kabi holatlarning oldini olishimiz zarur.

Ikkinchidan, paxta terimida qatnashadiganlar ikki guruhga bo‘linadi. Yashash joyidagi paxta terimida qatnashuvchilar va boshqa viloyat, tumanlarga borib jarayonda ishtirok etuvchi terimchilar. Barcha ma’lumotlar yangi tashkil qilingan terim.uz saytiga joylashtirib boriladi.

Uchinchidan, har bir yollanma ishchilar brigadalarga bo‘linadi. Har bir brigada 50-70 kishidan iborat bo‘ladi. “O‘z hududimda paxta teraman”, deganlarga alohida moliyaviy munosabat, “Yo‘q, boshqa uzoq viloyatga borib, teraman”, deya brigadalar tarkibiga kirganlarning har biriga 500 ming so‘mdan moliyaviy yordam beriladi. Tergan paxtasiga esa alohida belgilangan narxda pul oladi”, dedi Bahodir Umrzoqov, deya uning so‘zlarini keltirmoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

Vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, boshqa hududga boradigan terimchilar uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Yotoq joy, ovqatlanish va boshqa masalalar talab darajasida bo‘ladi. Shartnomalarni rasmiylashtirish jarayoni mahalliy bandlik markazlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari xodimlari hamda mahalla vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: 2020-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida bir kilo paxta uchun qancha to‘lanishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют