» » Hindistonda kuniga 9 soat uxlaydigan xodimga vakansiya e’lon qilindi

Hindistonda kuniga 9 soat uxlaydigan xodimga vakansiya e’lon qilindi


Hindistonning Bangalor shahrida uyqu mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Wakefit nomli startap yangi xodimlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari borligini ma’lum qildi. Yangi xodimga qo‘yiladigan asosiy talab kuniga 9 soatdan kam uxlamaslik, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ta’kidlanishicha, 100 kun davomida 9 soatdan uxlashi kerak bo‘lgan xodimga 1,3 ming dollar maosh to‘lanadi. Ishchilarga uyqu kundaligini tutish talabi ham qo‘yilgan, deyiladi xabarda.

Shuningdek, xodim ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lmasligi va tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilmasligi kerakligi alohida qayd etilgan. Fitnes-trener, parhezshunos va psixologlardan iborat jamoa, ishchilar ixtiyorida bo‘ladi.

Mavzuga doir: Braziliyada boshpanasiz it Hyundai avtosaloniga ishga qabul qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют