» » Tinchlantiradi, ilhom beradi, salomatlikni yaxshilaydi. Uyda o‘simlik parvarish qilish uchun 10 sabab

Tinchlantiradi, ilhom beradi, salomatlikni yaxshilaydi. Uyda o‘simlik parvarish qilish uchun 10 sabab


Uyida o‘simlik parvarish qilmaydiganlar sirasiga kirgan taqdiringizda ham, o‘simliklarning salomatlik, kayfiyatga ijobiy ta’siri haqidagi ma’lumotga ega bo‘lgandan keyin fikringiz o‘zgarishi mumkin.

Tinchlanishingizga yordan beradi

Afrika binafshasiga bir necha daqiqa davomida qarab turilsa, adrenalin miqdori ortib, miyaga ko‘proq kislorod yetib boradi va tinchlanasiz.

Havoni namlantiradi

Xonadoningizdagi havoni namlantirish uchun qimmat havo namlantiruvchi vosita xarid qilgandan ko‘ra, xonaga Nefrolepis o‘simligini qo‘yib qo‘ying. Ushbu o‘simlik nafaqat havoni namlantiradi, balki uni tozalaydi ham. Nefrolepis yorug‘lik talab qilmaydi, uni qorong‘i xonaga qo‘yib qo‘yish mumkin.

Davolashi mumkin

Aloe Vera o‘simligi kuyish, sovuq urishi, dermatit hamda gerpesni davolashda yaxshi samara beradi.

Ilhom beradi

Yorqin yaproqli o‘simliklar tasavvur yaxshilanishiga ta’sir qiladi. Ijodiy krizis kuzatilgan vaqtda o‘simlikka qarab ilhom olishingiz mumkin.

Allergik reaksiyani kamaytiradi

Uy tokchalari, shkaflarda yig‘iladigan changdan allergiyangiz bo‘lsa, xlorafitum sizga yordam beradi. Ushbu o‘simlik ikki kun ichida xonadagi 90% toksinni yo‘q qilish xususiyatiga ega.

Havoni tozalaydi

NASAning havoni turli zararli ifloslanishlardan tozalaydigan o‘simliklar ro‘yxatida Ingliz pechagi birinchi o‘rinda turadi. Ushbu o‘simlikni ayniqsa astma bilan kasallangan insonlar uyida parvarish qilishi tavsiya qilinadi.

Energiya beradi

Ishtahasi yo‘q va holsizlik qiynaydigan kishilarga har tong ko‘zi tushganda energiya olish va tetiklikni his qilishi uchun qizil yaproqli o‘simlikni yuvinish xonasiga qo‘yib qo‘yish tavsiya qilinadi.

Diqqatni oshishiga yordam beradi

Kuzatishlarda aniqlanishicha, ofis yoki sinf xonalarida o‘simliklarning bo‘lishi diqqatni 70 foizga ko‘taradi.

Stressni kamaytiradi

O‘simlikni parvarish qilish, suv quyish, tuprog‘ini yumshatish va yaproqlarini artish jarayonining o‘zida asablaringiz tinchlanib, o‘zingizni ancha yaxshi his qilasiz.

Ko‘zni tinchlantiradi

Ko‘zingiz kompyuter yoki gadjetlar qarshisida soatlab o‘tirishdan charchagan bo‘lsa, Potos o‘simligiga qarash tavsiya qilinadi. Ushbu o‘simlik glaukoma va katarakta rivojlanishini ham oldini oladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют