» » Bahodir Umrzoqov: Bu yilgi paxta terimi pandemiya vaqtiga to‘g‘ri kelganligi uchun har 100 nafar terimchiga bir nafar tibbiyot xodimi biriktiriladi

Bahodir Umrzoqov: Bu yilgi paxta terimi pandemiya vaqtiga to‘g‘ri kelganligi uchun har 100 nafar terimchiga bir nafar tibbiyot xodimi biriktiriladi


Paxta terimi mavsumida ishchilar o‘rtasida kasallik tarqalishining oldini olish uchun har 100 nafar terimchiga bir nafar hamshira biriktiriladi. Bu haqda 2020-yil 5-avgustda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida vazir o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov ma’lum qildi.

“Paxta terimida pandemiya sharoitlari bo‘yicha alohida nizom tasdiqlangan. Unda har bir ishchi ertalabdan holati o‘rganilishi, ishga chiqayotganida va kelayotganida issig‘i o‘lchanishi, ish jarayonida gigiyena qoidalariga rioya qilinishi kabi qoidalar kiritilgan. Agarda ish jarayonida kasallik alomatlari aniqlansa, kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlanadi. Mana shu jarayonlarni nazorat qilish uchun esa, Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari ishlashadi”, — dedi – Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov.

Davlat mehnat inspeksiyasi rahbari Qudratilla Odinayevning aytishicha, ishchilar mehnatini muhofaza qilinishi, ular o‘rtasida sanitariya qoidalariga rioya qilinishi texnik inspektorlar tegishli tartibda nazorat qiladi. Ayniqsa, paxta terimiga uzoqdan kelgan terimchilarga katta e’tibor beriladi va buning uchun 104 nafar xodim ajratilgan.

Mavzuga doir: “Boshqa viloyatga borib paxta teruvchilarning har biriga 500 ming so‘mdan moliyaviy yordam beriladi” — Bahodir Umrzoqov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют