» » “Real” Garet Beyl va yana uch futbolchisini sotishdan 100 mln yevro ishlab olmoqchi

“Real” Garet Beyl va yana uch futbolchisini sotishdan 100 mln yevro ishlab olmoqchi


Madridning “Real” klubi yana bir qator futbolchilarini sotib yubormoqchi.

AS nashrining xabar qilishicha, madridliklar klubi Garet Beyl, Serxio Regilon, Mariano Dias va Borxa Mayoralni transferga qo‘yish istagida. “Real” futbolchilar transferidan 100 million yevro ishlab olmoqchi.

Shuningdek, Madrid klubi yaxshi taklif tushadigan bo‘lsa Lukas Vaskesni ham sotishga tayyor.

Bu orqali “Real” koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz zararlarini kamaytirish niyatida. Avvalroq “Real” ikkinchi marta futbolchilar va xodimlar maoshini qisqartirishni ko‘zlayotgani xabar qilingandi.

Avvalroq jamoa hujumchisi Brahim Dias ijara asosida “Milan”ga yo‘l olgandi. Shuningdek, Xames Rodriges “Everton”ga o‘tishga yaqin turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют