» » Olmazor tumanida tanishiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan 22 yoshli yigit ushlandi

Olmazor tumanida tanishiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan 22 yoshli yigit ushlandi


Toshkent shahri Olmazor tumanida tanishiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda shahar IIBB.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 29-avgust kuni soat taxminan 19:00 larda, 22 yoshli M.X. o‘zining to‘rt nafar tanishlari bilan Olmazor tumani Ochil Bobojonov ko‘chasidagi kafelardan birida o‘tirgan vaqtida tanishi 24 yoshli P.T. bilan o‘zaro gap talashib qolgan. So‘ngra ko‘chaga chiqib ko‘p qavatli uylarning oldida og‘zaki mojaroni hal qilmoqchi bo‘lgan vaqtida M.X. o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan tanishi P.T tan jarohatlari yetkazgan.

Natijada P.T. olgan tan jarohatlari bilan 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra P.T.ga og‘ir tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB Tergov bo‘linmasi tomonidan M.X.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha M.X. Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlangan. Hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют