» » Andijonlik fuqaro oilaviy janjal sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Andijonlik fuqaro oilaviy janjal sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi


Andijon viloyatining Asaka tumanida yashovchi erkak oilaviy kelishmovchilik sabab xotini bilan janjallashib qolib, uni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Daryo”ga Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 4-sentabr kuni taxminan soat 12:40 da Asaka tumani, “Qadriyat” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.U. turmush o‘rtog‘i M.N. bilan oilaviy kelishmovchiliklar sabab janjallashib qolib, xo‘jalik pichog‘i bilan xotinining bo‘yin va qorin qismiga urgan va unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda M.N. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qotil er qo‘lga olingan. Tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat IIB axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, kecha 5-sentabr kuni ushbu holat “Qadriyat” mahallasida yashovchi keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilingan. Unda jinoyatning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют