» » Amerikalik sobiq jinoyatchi uni hibsga olgan politsiya xodimining hayotini saqlab qoldi (video)

Amerikalik sobiq jinoyatchi uni hibsga olgan politsiya xodimining hayotini saqlab qoldi (video)


Eng ko‘p qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ayol uni hibsga olgan politsiya xodimining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda New York Post nashri ma’lum qildi.

Sobiq jinoyatchi Joselin Jeyms giyohvand moddalarni qabul qilgan va bir necha bor qonunni buzganlikda ayblangan. Politsiyachi Terrel Potter uni ikki marotaba hibsga olgan va o‘ndan ortiq ayblov qo‘ygan.

2013-yil Jeyms yarim yil davomida reabilitatsiya markazida davolandi va giyohvandlikdan xalos bo‘ldi. Shundan so‘ng u o‘zining “Giyohvand insonlarni qayta tiklash” dasturini ishlab chiqdi. 2013-yil avgust oyidan buyon sobiq jinoyatchi 508 nafar ayolga yordam berdi.

Jeymsning 2019-yil dekabr oyida Facebook tarmog‘ida politsiya xodimi Potterga buyrak ko‘chirib o‘tkazish zarurligi haqida xabarga ko‘zi tushadi. Ayol unga donor sifatida o‘z xizmatini taklif etadi. “Allaqchon uning buyragi menda ekanligini bilganman”, ? deydi Jeyms.

Jarayonni 8 yildan buyon kutayotgan politsiyachi hayratda qolgan. “Bu shunchaki tasodif emas. Bu xudoning ishi. Tushuntirishning boshqa iloji yo‘q”, ? deydi Potter.

Sobiq jinoyatchini munosib nomzod ekanligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvlar o‘tkazildi. So‘ngra unga shifoxonadan qo‘ng‘iroq qilinib, buyrak ko‘chirib o‘tkazish uchun bundan munosibroq donorni hech qachon ko‘rmaganliklari aytildi. Jarrohlik amaliyoti iyul oyining oxirida muvaffaqiyatli tarzda o‘tdi.

“Xudo mening jismimni Potterning umrini uzaytirish uchun ham saqlab turdi. Bu mening eng katta yutug‘im. Men o‘lishim kerak edi. Lekin xudo boshqa odamning hayotini saqlab qolishim evaziga ham hayot berdi”, ? deydi amerikalik Jeyms.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют