» » AQShlik jinoyatchi politsiya Facebook’da mingta repost yig‘sa, taslim bo‘lishga va’da berdi va o‘z so‘zida turdi

AQShlik jinoyatchi politsiya Facebook’da mingta repost yig‘sa, taslim bo‘lishga va’da berdi va o‘z so‘zida turdi


Oktabr boshida Maykl Zaydel ismli amerikalik AQShning Michigan shtati Redford shahar politsiyasini Facebook’da hadeb masxara qilishni boshladi, deb yozadi TJournal. U politsiyachilarga o‘z ishlarini bajara olmayotgani va ularning sahifasida faollikni saqlab turgan yagona odam o‘zi ekanligini yozardi.

Redford departamenti ma’lum qilishicha, ularda Zaydelni odamga hujum qilish va mast holatda mashina boshqarish ayblovlari bo‘yicha hibsga olish uchun order bor. Unga g‘ashni keltiradigan xulq-atvori va politsiyaga taslim bo‘lishdan bosh tortgani uchun bir necha marta ogohlantirish berishdi, ammo jinoyatchi mazax qilishda davom etdi.

Shundan keyin Zaydel politsiya departamentining Facebook’dagi xabari 1000 marta repost qilinsa, politsiyaga o‘zini topshirishga va o‘zi bilan shirali teshikkulchalar olib borishga va’da berdi.

Redford politsiyasi Facebook’dagi obunachilariga murojaat qilib, jinoyatchini tutishda yordam berishni so‘radi. Natijada bir soatda 1000 ta repostga erishildi.

Bahsdan keyin o‘n kun o‘tgach, jinoyatchi uchastkaga kelib, o‘zini topshirdi. O‘zi bilan birga shirali teshikkulchalar olib kelishni ham unutmadi. Uni qamab qo‘yishdi. Zaydelning ishi bo‘yicha sud majlisi 21-oktabrga belgilangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют