» » Avstraliya politsiya vaziri o‘z-o‘zini politsiyaga tutib berdi

Avstraliya politsiya vaziri o‘z-o‘zini politsiyaga tutib berdi


Avstraliya politsiya vaziri Troy Grant o‘z ustidan politsiyaga shikoyat qilib, unga mashina boshqarish vaqtida telefondan foydalanganlik uchun jarima yozib berishni so‘radi, deb yozadi “Motor”. Grant harakatlanmayotgan mashinaning haydovchi o‘rindig‘ida o‘tirib, smartfon orqali surat olgan.

Gap shundaki, vazir Twitter’ga yukxonasida qo‘y olib ketayotgan boshqa avtomobil suratini joylagan edi. Shundan so‘ng uning obunachilari Avstraliyada rulda o‘tirgan vaqtda smartfondan foydalanish taqiqlanganiga e’tibor qaratdi.

Oxir-oqibat Grant o‘zi yo‘l qo‘ygan qoidabuzarlik haqida politsiyaga ma’lum qildi va unga 325 Avstraliya dollari (taxminan 250 AQSh dollari) miqdorida jarima yozib berishni so‘radi. Bundan tashqari, uning haydovchilik guvohnomasiga to‘rt jarima balli qo‘shilishi mumkin.

Ta’kidlash joiz, vazir suratni harakatlanmayotgan avtomobilda olgan — u ta’mirlash ishlari tufayli yuzaga kelgan tirbandlikda turgan. Ammo Avstraliya qonunlariga ko‘ra, mashina turargohga to‘xtatilgan va yo‘lning avtomobillar qatnaydigan qismida bo‘lmagan vaqtdagina rulda telefondan foydalanish mumkin.

Heading home on the Newell stopped at upgrade works and then saw this. A ewe in the back out on a Saturday drive! pic.twitter.com/MBjHvFNaxr

— Troy Grant (@troygrant) March 18, 2017

Опубликовано: admin (27-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют